Mirobod köçasini yangi qiyofaga keltiriş loyihasi yuzasidan jamoatçilik eşituvi ötkazildi
2026-10-30 13:40:00 / Yangiliklar

Unda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman IIOFMB boşlig‘i Uluğbek Nasriddinov iştirok etib, yiğilganlarga loyihaning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari hamda uni amalga oşiriş rejalari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Oçiq muloqot davomida hududda tun-u kun faoliyat yuritadigan zamonaviy gastronomik maskan taşkil etiş, köçani obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda hududning turistik jozibadorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, köçada zamonaviy yoritiş tizimini yölga qöyiş, uni tungi vaqtda ham yoruğ va şinam maskanga aylantiriş, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida videokuzatuv kameralarini örnatiş hamda fuqarolar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş rejalari muhokama qilindi.
Loyihani amalga oşirişda mavjud yaşil hududlarni asrab-avaylaş, daraxtlarni saqlab qoliş va ularga zarar yetkazmaslik masalasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Aksinça, hududning kökalamzorlik darajasini yanada oşiriş, qöşimça manzarali daraxt va butalar ekiş orqali ekologik jihatdan qulay muhit yaratiş közda tutilgan.
Eşituv davomida aholi vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, loyiha yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.
Jamoatçilik fikri va aholi manfaatlarini inobatga oliş loyihani sifatli amalga oşirişning muhim şartidir. Eşituv davomida bildirilgan barça taklif va mulohazalar atrofliça örganilib, loyiha konsepsiyasini takomillaştiriş jarayonida inobatga olinadi.
Oçiq muloqotda faol iştirok etgan barça fuqarolar va OAV vakillariga minnatdorlik bildiramiz!









