Mirobodda yoş tibbiyot xodimlari bilan oçiq muloqot ötkazildi
2026-10-29 14:15:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda Mirobod tumani hokimi A. Sayfutdinov, tuman prokurori B. Abdullayev, tuman IIO FMB boşliği U. Nasriddinov hamda tuman Soliq inspeksiyasi boşliği N. Şomansurov iştirok etib, yoş mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.
Muloqot davomida yoş tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni kasbiy faoliyati davomida qiynayotgan masalalar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, tibbiyot sohasiga oid 10 ga yaqin muammo va taklif örtaga taşlanib, ularning yeçimlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almaşildi.
Şuningdek, yoş mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşiriş, mehnat faoliyati uçun munosib şaroitlar yaratiş, ularning yangi ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhimi, bildirilgan har bir taklif va kötarilgan masala yuzasidan amaliy yeçimlar işlab çiqiş, mas’ullar iştirokida muammolarni bartaraf etiş çoralarini belgilaş zarurligi ta’kidlandi.
Zero, yoşlar bilan oçiq muloqot qiliş, ularning dardu taşvişlari va taşabbuslariga quloq tutiş — soha rivoji va samarali faoliyatning muhim omilidir.
Mirobod tumanida yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini röyobga çiqariş va mavjud muammolarga amaliy yeçim topişga qaratilgan oçiq muloqotlar izçil davom ettiriladi!









