Hurmatli Mirobod tumani aholisi!
2026-10-21 13:15:00 / Yangiliklar
Ertaga, 22-oktabr kuni soat 12:00 da "Oltinko‘l" mahallasi binosida Mirobod tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ashraf G‘oyibnazarovich Salaydinovning fuqarolar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Qabul davomida fuqarolarning moliya, iqtisodiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlariga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi.
Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, mas’ullarga zarur topshiriqlar beriladi.
Barcha fuqarolarni o‘z murojaatlari bilan sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etamiz!
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir masala — nazoratda!
