Diqqat, e’lon!
2026-10-14 10:10:00 / Yangiliklar
Hurmatli Mirobod tumani aholisi!

Ertaga, 15-oktabr kuni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Farhod Najmiddinovning fuqarolar uchun shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.
Qabul davomida fuqarolarning mazkur yo‘nalishga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
📍 Manzil: Mirobod tumani Xalq qabulxonasi (mo‘ljal: Fedorovich klinikasi).
✅ Barcha fuqarolarni o‘z murojaatlari bilan qabulda ishtirok etishga taklif etamiz!
Murojaatingiz e’tibordan chetda qolmaydi!
