Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-07 15:20:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar prokurori Anvar Urmanov hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda 30 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’ekti vakillari ishtirok etib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va takliflari tinglandi, murojaatlar qabul qilindi.
Muloqot davomida 5 nafar tadbirkorning murojaati joyidayoq o‘z yechimini topdi. Qolgan 25 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani bois, mas’ul mutasaddilarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyatidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.




