Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jamoatchilik nazorati ostida o‘rganilmoqda
2026-10-07 10:40:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari O.Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari boshchiligida Mirobod tumanida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uy-joy fondining holati, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, issiqlik ta’minoti tizimi, shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga sifatli va uzluksiz kommunal xizmatlar ko‘rsatishga tayyorgarlik darajasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavsumni yuqori saviyada tashkil etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.









