“Jaholatga qarshi ma’rifat”
2026-10-02 17:50:00 / Yangiliklar

Mirobod tumanidagi 214-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi M. Xidirov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Mirobod tumani hokimligi vakillari ham tadbirda ishtirok etib, yoshlar bilan fikr almashdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilarga jaholat, mutaassiblik va turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari, ularga qarshi kurashishda ilm, ma’rifat va sog‘lom dunyoqarashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka, mustaqil fikrlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.








