RASMIY MUNOSABAT
2026-10-02 14:40:00 / Yangiliklar

Mazkur holat yuzasidan ma’lum qilamizki, hududda olib borilayotgan ishlar issiqlik tarmoqlarini almashtirish va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Loyiha doirasida diametri 700 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 490 pogon metr issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalari chorrahasida, shuningdek, 94-sonli maktab oldi hududida tegishli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari haqida Mirobod tumani hokimligining rasmiy sahifalarida avvaldan axborot berilgan.
Issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng, hududda obodonlashtirish va qurilish ishlari davom ettirilib, yo‘l qoplamasi belgilangan tartibda qayta tiklanadi.
Aholidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
