Tumandagi barcha mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
2026-10-02 13:15:00 / Yangiliklar

Mazkur yo‘nalishda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman IIOFMB boshlig‘i Ulug‘bek Nasriddinov tomonidan tumandagi barcha mahallalar “yettiligi” bilan birgalikda hududda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bunda har bir mahalla va xonadonning ehtiyojidan kelib chiqib ish tashkil etish, aholining mavjud imkoniyatlari va mehnat salohiyatini o‘rganish asosida manzilli choralarni belgilashga alohida urg‘u berildi.
Muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, oilalar daromadini oshirish, ehtiyojmand xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, har bir murojaatni nazoratga olish hamda mahallalarda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi.







