QO‘YLIQ-1 DAHASI AHOLISI DIQQATIGA!
2026-10-02 11:30:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida aholi uchun qulay muhit yaratish, yashil hududlarni kengaytirish va zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etishga qaratilgan shaharsozlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, poytaxt hududida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan biri Mirobod tumani Qo‘yliq-1 dahasida, Tolariq kanali atrofida tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanini yaratish ko‘zda tutilgan.
Sun’iy ko‘l qurilishi ishlari munosabati bilan 17-, 18- va 1/1-uylarga tutash hudud vaqtincha yopiladi.
Shu munosabat bilan aholidan qurilish ishlari olib borilayotgan hududga kirmaslikni, xavfsizlik talablariga rioya qilishni so‘raymiz.
Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati




