RASMIY MUNOSABAT
2026-09-30 15:50:00 / Yangiliklar
@Tashkent_Land telegram kanalida Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi, 1/1-uy hududidagi yashil maydon betonlangani yuzasidan murojaat e’lon qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan yer maydoni belgilangan tartibga zid ravishda egallangani hamda yashil hududning bir qismi betonlangani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Ayni vaqtda tuman qurilish bo‘limi mas’ullari tomonidan betonlangan yer maydonini yashil hudud sifatida tiklash maqsadida beton qoplamani olib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Murojaatda ko‘tarilgan masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan.



