Mirobodda 1071 nafar bola tibbiy skriningdan o‘tkazildi
2026-09-16 16:00:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda 16 sentyabr kuni Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida xalqaro hamkorlik doirasida tibbiy ko‘rik — skrining tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Fuwai Yunnan Hospital (FYHC) mutaxassislari hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tibbiy missiya Xitoyning “Overseas Chinese Charity Foundation of China” xayriya jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida 2026 yil 10 aprel kuni Pekin shahrida imzolangan “Gumanitar bitim” doirasida amalga oshirilmoqda.
Skrining davomida 7–14 yoshdagi 1071 nafar o‘quvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Eng muhimi, tekshiruvlar natijasida 4 nafar bolada yurak nuqsoniga shubha aniqlandi. Ularga qo‘shimcha ExoKG tekshiruvi o‘tkazilib, yurak nuqsoni tasdiqlandi. Ushbu bolalar tegishli mutaxassislar nazorati va kuzatuviga olindi.
Bunday skrininglar kasallikni erta bosqichda aniqlash, bolalarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning salomatligini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom bola — sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat va kelajak poydevoridir.









