Mirobod yoshlari Chirchiq harbiy poligonida
2026-09-12 12:40:00 / Yangiliklar

Shu bois yosh avlodni ilmli, kasb-hunarli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash — oila, maktab va jamoatchilik bilan bir qatorda, har bir rahbar zimmasidagi muhim mas’uliyatdir.
Mirobod tumanida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, bugun, 11-sentabr kuni Mirobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman IIOFMB tashabbusi bilan maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilari uchun Chirchiq harbiy poligoniga bir kunlik sayohat tashkil etildi.
Bu tadbirning maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, harbiy kasbga qiziqish uyg‘otish, intizom va mas’uliyatni shakllantirish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yangi bosqichga olib chiqish.
O‘quvchilarni “Furqat” bog‘i oldida kuzatish jarayonida tuman prokurori Bobur Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i Ulug‘bek Nasriddinov, tuman hokimi o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov hamda mas’ullar yoshlar bilan muloqot qilib, ularga sayohat davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, tartib-intizom va mas’uliyatli bo‘lish yuzasidan zarur tavsiyalarni berdilar.
"Hademay mustaqil hayotga qadam qo‘yasizlar. Bu davrda bilimli, tajribali va kasb-hunarli inson bo‘lish juda muhim. Hech bo‘lmaganda bitta hunarni mukammal egallang. Chunki insonning o‘z kasbi, o‘z hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topishi oson bo‘ladi", — dedi tuman prokurori B. Abdullayev yoshlar bilan suhbatda.
Yoshlar qanday mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar, nimalarni o‘rgandilar va qanday taassurotlar bilan qaytdilar - jarayonlar fotolavhalarda









