Mirobod tumanida “Chinor” mahallasining qiyofasi yangilandi
2026-08-26 13:25:00 / Yangiliklar

Shu doirada “Chinor” mahallasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xususan, mahalladagi 8 ta ko‘p qavatli uyning fasadi ta’mirlanib, binolarning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida 938 kvadrat metr ichki yo‘llar asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi.
Shuningdek, hududda 1 ta sport maydonchasi va 1 ta bolalar maydonchasi barpo etilib, yoshlar va bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Mahallaning muhandislik infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 300 metr irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylar atrofiga 1 886 kvadrat metr beton otmostka quyilib, ichki ko‘chalarga 1 290 metr beton bordyur to‘siqlari o‘rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida “Chinor” mahallasining nafaqat tashqi qiyofasi, balki hududdagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi ham sezilarli darajada yaxshilandi.
Ayniqsa, sport va bolalar maydonchalarining barpo etilgani mahalla aholisi, xususan, yoshlar va bolalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari aholi ehtiyojlari va hudud infratuzilmasini yaxshilash zaruratidan kelib chiqqan holda, insonlar uchun qulay, obod va munosib yashash muhitini yaratishga qaratildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Mirobod tumanida mahallalarni kompleks obodonlashtirish va yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
“Chinor” mahallasidagi yangilanishlar — aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadamdir.









