Mirobod tumanida yangilangan mahalla foydalanishga topshirildi
2026-08-26 12:05:00 / Yangiliklar

Shu doirada “Tolariq” mahallasida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hudud yangilangan holda foydalanishga topshirildi.
Xususan, mahalladagi 2 ta ko‘p qavatli uyning fasadi ta’mirlanib, binolarning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Aholi uchun qulay harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida 400 kvadrat metr ichki yo‘llar asfaltlandi. Shuningdek, mahallada 1 ta stadion, 1 ta sport maydonchasi hamda 1 ta bolalar maydonchasi barpo etildi.
Hududning muhandislik infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 625 metr irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylar atrofida 1 760 kvadrat metr beton otmostka ishlari bajarilib, ichki ko‘chalarga 1 755 metr beton bordyur to‘siqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, 16 metr oqova suv quvurlari tortilib, hududdagi muhandislik kommunikatsiyalari holati yaxshilandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallaning tashqi qiyofasi yangilanishi bilan bir qatorda, aholi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi ham takomillashtirildi. Ayniqsa, sport va bolalar maydonlarining barpo etilgani mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar va bolalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Mazkur ishlar aholi murojaatlari, hudud ehtiyojlari va mahallaning mavjud infratuzilmasini yaxshilash zaruratidan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, asosiy e’tibor insonlar uchun qulay va munosib yashash muhitini shakllantirishga qaratildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Mirobod tumanida mahallalarni kompleks obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani yangilash va aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
“Tolariq” mahallasida amalga oshirilgan yangilanishlar — aholi uchun qulay, xavfsiz va obod muhit yaratishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadamdir.









