Mirobod tumanida V “Ustozlar milliy forumi” boshlandi
2026-08-21 15:15:00 / Yangiliklar
Bugun, 21-avgust kuni Mirobod tumanida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning tuman bosqichi tantanali tarzda ochildi.

Tadbirda ta’lim sohasi vakillari, pedagoglar, ilg‘or ustozlar hamda tuman mutasaddilari ishtirok etdi.
Forumning asosiy maqsadi — 2025–2026 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni tahlil etish hamda 2026–2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilashdan iborat
Forum doirasida pedagoglar uchun 20 ta sho‘ba tashkil etilib, ularda zamonaviy metodik yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar, yangi o‘quv yilidagi vazifalar va ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.









