BIR KUN — 16 TA MUROJAAT — ANIQ VAZIFALAR
2026-08-14 19:30:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va har bir murojaat yuzasidan amaliy yechim topish — aholi bilan ochiq muloqotning muhim yo‘nalishlaridan biri.
14 avgust kuni Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov ishtirokida 3 soat davomida fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Sayyor qabulda tuman hokimi bilan birga tuman prokurori Bobur Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Ulug‘bek Nasriddinov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va kommunal xizmatlar rahbarlari hamda mahalla "yettiligi" ishtirok etdi.
Qabul davomida jami 16 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
📌 9 ta murojaat — joyida ijobiy hal etildi.
📌 5 ta murojaat — qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani sababli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi va nazoratga olindi.
📌 2 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu tariqa, qabulda bildirilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi. Masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijroni ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.









