Mirobod tumani hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tadi
2026-08-14 12:40:00 / Yangiliklar
Bugun, 14 avgust kuni soat 16:00 da Mirobod tumani Xalq qabulxonasida Mirobod tumani hokimi Sayfutdinov Anvar Nazarovichning fuqarolar uchun shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tadi.

Qabul davomida Mirobod tumani aholisi o‘zlarini qiziqtirgan muammo, masala va takliflari yuzasidan tuman hokimiga bevosita murojaat qilishlari mumkin.
📍 Barcha fuqarolarni shaxsiy qabulda ishtirok etishga taklif etamiz!
Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilanadi.
Sizning murojaatingiz — e’tiborimiz markazida!
Mo‘ljal: Fedorovich klinikasi yonida.
