MIROBODDA ELEKTR TARMOQLARI YaNGILANMOQDA
2026-08-14 12:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 sentyabrdagi 598-son qarori asosida tumandagi mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan elektr kabellarini yangilash va almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida eskirgan kabellar zamonaviy tarmoqlarga almashtirilmoqda. Bu esa elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish, tarmoqlardagi yuklamani barqarorlashtirish hamda iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli yetkazib berish imkonini oshiradi.
Ayni paytda olib borilayotgan ishlar jadal sur’atda davom ettirilmoqda.
Barcha belgilangan ishlar 10 kun muddatda to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar, avvalo, aholi uchun qulay sharoit yaratish va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Barqaror elektr ta’minoti — aholi farovonligi va hudud infratuzilmasining muhim qismi.






