“Ziyonur” mahallasida qulay muhit yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi
2026-08-01 14:55:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, daraxtlarni sanitariya qoidalari asosida butash, gul va manzarali o‘simliklar ekish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va obod muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Mas’ul rahbarlar va mutasaddilarga obodonlashtirish ishlarini sifatli, tizimli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda mahalla hududining ozoda va namunali qiyofasini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.









