Hurmatli Mirobod tumani aholisi!
2026-08-01 11:35:00 / Yangiliklar

Hurmatli Mirobod tumani aholisi!
2026-05-25 11:20:00 / Yangiliklar
Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Haftaning har shanba kuni 10:00–12:00 gacha Mirobod tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har juma kuni 11:00–13:00 gacha Mirobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har payshanba kuni 16:00–18:00 gacha Mirobod tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har payshanba kuni 14:00–16:00 gacha Mirobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har seshanba kuni 14:00–16:00 gacha Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har juma kuni 15:00–17:00 gacha Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
