Xotin-qizlar murojaatlari – doimiy e’tibor markazida
2026-07-21 19:05:00 / Yangiliklar
Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari F.Madaminovaning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 4 nafar xotin-qizning murojaatlari tinglandi.
Xususan, farzandini maktabga joylashtirish, himoya orderini rasmiylashtirish, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritish hamda uy-joy masalalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi, fuqarolarga mavjud imkoniyatlar va murojaatlarni hal etish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar taqdim etildi.









