Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-21 13:15:00 / Yangiliklar

Sessiya ishida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Q.Burxanov, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati B.Mirzarahimov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati O.Jiyanbayev, xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda hududlarni obodonlashtirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
🏛 Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Mirobod tumanida yangi tizimda rivojlanishning 2026–2027 yillarda amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlarida belgilangan islohotlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: Mirobod tumani hokimi A. Sayfutdinov.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–1-sonli qarori ijrosining Mirobod tumanida 2026 yil ikkinchi choragidagi holati haqida.
Hisobot beruvchi: Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U. Nasritdinov.
3. O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 15 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–1153-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash choralari to‘g‘risida.
4. Mirobod tumani «Qorasuv» mahallasi hududida «Yashil bog‘» barpo etish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinov.
5. Mirobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: Mirobod tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J. Oripov.
6. Boshqa masalalar.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruzalar eshitildi, deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi. Muhokamalar yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlar zimmasiga belgilangan vazifalar yuklatildi.









