Toshkent transport universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-07-16 13:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Madaminova ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi. Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning sifatli ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakdagi reja va maqsadlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirda Farmatsevtika instituti hamda Toshkent transport universitetining "Qizlarjon" klubi rahbarlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda jami 25 nafar talaba-qiz qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.









