Taras Shevchenko ko‘chasini zamonaviy turistik maskanga aylantirish ishlari 3-bosqichga o‘tdi
2026-07-13 16:20:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi gastronomik va ko‘ngilochar hudud barpo etish, aholi va poytaxt mehmonlari uchun zamonaviy infratuzilma hamda qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda loyihaning 3-bosqich qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Xususan, ishlar Taras Shevchenko va Fidokor ko‘chalari kesishmasidan Taras Shevchenko va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qariyb 400 metrlik hududni qamrab olgan.
Hozirda belgilangan reja asosida:
🔹 demontaj ishlari olib borilmoqda;
🔹 betonlash ishlarini boshlash uchun tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi hamda poytaxtning turistik salohiyati yanada oshadi.
Qurilish-ta’mirlash ishlarini joriy yil yakuniga qadar yakunlash rejalashtirilgan.









