RASMIY MUNOSABAT
2026-07-03 16:05:00 / Yangiliklar
Mirobod tumanida transformator punktida yuzaga kelgan nosozlik yuzasidan ma’lumot

Bugun tumanimizdagi Banakotiy ko‘chasi, 198-uy manzilida joylashgan 23-23-sonli transformator punktida yuqori kuchlanishli kabelda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa natijasida quvvati 400/6 kV bo‘lgan transformator ishdan chiqqan.
Ayni vaqtda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, nosoz holatga kelgan transformator o‘rniga yangi transformator o‘rnatish va elektr ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Elektr energiyasi ta’minotini bugun kechki vaqtga qadar to‘liq tiklash rejalashtirilgan.
Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raymiz.
