Mirobod tumanida “Davraga kel, dugonajon!” ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
2026-07-03 14:35:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida o‘quvchi qizlar olima ayollar, soha mutaxassislari, iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ta’lim, kasb tanlash, zamonaviy bilimlar, milliy qadriyatlar, odob-axloq va shaxsiy rivojlanishga oid muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv qizlarni ilm-fan, kasb-hunar, sport, madaniyat, san’at, axborot texnologiyalari hamda STEM yo‘nalishlariga qiziqtirish, ularning iqtidori va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning bilimli, faol, vatanparvar va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Davraga kel, dugonajon!” loyihasi doirasida bunday ma’rifiy uchrashuvlar Mirobod tumanida izchil davom ettiriladi.








