“Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Mirobod tumanida sayyor sud majlisi o‘tkazildi
2026-07-02 15:45:00 / Yangiliklar

Jumladan, 2026-yil 2-iyul kuni Mirobod tumanida joylashgan Transport texnikumi binosida probatsiya nazoratidagi shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Sud majlisida probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori, intizomi, qonunchilik talablariga rioya etishi hamda mehnatga munosabati yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan 5 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Shuningdek, sayyor sud majlisida 1 nafar mahkum axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlaganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan o‘talmay qolgan jazo muddati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.


