“Mirobod tumani prokurori kubogi” musobaqasi tashkil etildi
2026-07-02 09:35:00 / Yangiliklar
Mirobod tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turlari bo‘yicha “Mirobod tumani prokurori kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada milliy kurash, yunon-rum kurashi hamda erkin kurash yo‘nalishlari bo‘yicha turli vazn toifalarida 14–30 yoshdagi o‘g‘il va qizlar o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori B. Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig’i U. Nasritdinov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida musobaqada faol qatnashgan yoshlar va g‘oliblar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.









