Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-06-23 07:10:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq 6 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, yoshlar o‘rtasidagi erta turmush va homiladorlik holati, huquqbuzarlik sodir etgan hamda profilaktik nazoratga olingan o‘quvchilarning xatti-harakatlari, ta’lim muassasalari ichki tartib-qoidalariga rioya etish, odob-axloq va tarbiya masalalari muhokama qilindi.
Har bir holat komissiya a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganilib, voyaga yetmaganlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oila va ta’lim muassasalari mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi va ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatildi.
