Mirobod tumanida xotin-qizlar murojaatlari tinglandi
2026-06-16 16:45:00 / Yangiliklar
Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Madaminova tomonidan xotin-qizlarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Bugun, 16 iyun kuni Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tashkil etilgan qabulda xotin-qizlarning ijtimoiy himoya, tibbiy yordam, subsidiya, bandlik, huquqiy masalalar, propiska rasmiylashtirish masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabulda Mirobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat A.Mamanazarov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✅ Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
🔴 Joriy haftadagi sayyor qabullar jadvali









