MIROBOD TUMANI XOTIN-QIZLARI DIQQATIGA!
2026-06-16 09:55:00 / Yangiliklar
Bugun, 16 iyun kuni Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madaminova Feruza Vohidovna tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkaziladi.

Qabul davomida xotin-qizlarni qiynayotgan ijtimoiy masalalar, oilaviy munosabatlar, bandlik, ta’lim, huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlar, taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilanadi hamda huquqiy tushuntirishlar beriladi.
📍 Manzil: Mirobod tumani Xalq qabulxonasi (mo‘ljal: "Fedorovich" klinikasi)
🕑 Vaqt: soat 14:00 dan 16:00 gacha
Barcha xotin-qizlarni qabulda faol ishtirok etishga va o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishga chaqiramiz.
