Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-06-12 17:55:00 / Yangiliklar
Bugun, 12 iyun kuni Mirobod tumanida joylashgan “U-Enter Innovation Center” binosida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U. T. Mamarajabov ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirobod tuman hokimligi, soliq, Markaziy bank, savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, nazorat organlari, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlarning Toshkent shahar va tuman bo‘yicha rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda 100 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan murojaat yo‘llashdi.
Mazkur murojaatlar alohida nazoratga olinib, ularning muammolarini qisqa muddatlarda o‘rganib chiqish va hal qilish bo‘yicha tegishli mutassaddilarga ko‘rsatmalar berildi.









