“Milliy-Mirobod” festivali – qadriyatlar va milliylik bayrami!
2026-06-12 12:35:00 / Yangiliklar
Mirobod tumanidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Institutida “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida “Mirobod yoshlari milliylikni sevadi” nomli keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida:
🔴 Milliy liboslar ko‘rgazmasi – turli hududlarga xos kiyimlar namoyishi
🔴Qo'l mehnatida yaratilgan milliy hunarmandchilik namunalari
🔴Badiiy chiqishlar – kuy-qo‘shiqlar, raqslar va madaniy dasturlar namoyish etildi.
Festivalda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova ham ishtirok etib, milliy ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.
✅ Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy an’analarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.









