RASMIY MUNOSABAT
2026-06-12 10:35:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani Fitrat ko‘chasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish zarurligi haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur ko‘chaning bir tomonida piyodalar yo‘lagi (trotuar) avvaldan mavjud bo‘lmagan.
Ayni paytda piyodalar harakati uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida mutasaddilar tomonidan hududning mavjud holati o‘rganilmoqda.
Fuqarolarning xavfsizligi va qulayligiga doir har bir murojaat mas’ul tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi. Bildirilgan taklif va mulohazalar uchun aholiga minnatdorlik bildiramiz.
