Biznes vakillari bilan ochiq muloqot
2026-06-10 16:00:00 / Yangiliklar

Unda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston Respublikasi Biznes-ombudsmanining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi shu’ba mudiri Farhod Ahmedov, hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritishdagi mavjud muammolarni tizimli hal etish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalarni ochiq ko‘tarib, amaliy taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Muloqot davomida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma, yer va mulk munosabatlari, kreditlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq qator murojaatlar muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan mutasaddilar tomonidan batafsil izoh va tushuntirishlar berilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi.
Ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda kechgan muloqot davomida biznes vakillarining fikr-mulohazalari hamda tashabbuslari atroflicha tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.









