Mirobod tumanida “DXX kubogi”ning final bahslari bo‘lib o‘tdi
2026-06-04 22:20:00 / Yangiliklar

Musobaqaning ochilish marosimida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman DXX bo‘limi boshlig‘i, tuman prokurori hamda tuman IIO FMB boshlig‘i ishtirok etib, yosh sportchilarga muvaffaqiyat tiladilar.
So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ommaviy sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, sport yoshlarni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirishi, ularda vatanparvarlik, matonat va g‘alabaga intilish fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mazkur musobaqaning saralash bosqichlarida tumanimizdagi barcha mahallalar faol ishtirok etdi. Final bahslarida esa eng kuchli jamoalar g‘alaba va, albatta, musobaqaning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun maydonga tushdi.
🏆 Final bosqichi g‘oliblari:
⚽️ Katta futbol:
🥇 1-o‘rin — “Sarako‘l” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Baratxo‘ja”
🥉 3-o‘rin — “Salar” MFY
⚽️ Mini-futbol (o‘g‘il bolalar):
🥇 1-o‘rin — “Qorasuv”
🥈 2-o‘rin — “Baratxo‘ja”
🥉 3-o‘rin — “Temiryo‘lchilar”
⚽️ Mini-futbol (qizlar):
🥇 1-o‘rin — “Fitrat” MFY
🥈 2-o‘rin — “Istiqlolobod” MFY
🥉 3-o‘rin — “A. Avloniy” MFY
🎉 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
▫️ Yosh sportchilarimizni munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! G‘olib jamoalarga shahar bosqichida ham yuksak natijalar, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz
