Inson qadri uchun, inson baxti uchun
2026-05-26 21:40:00 / Yangiliklar

Jumladan, “Baynalmilal” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan Firsov Dmitriy Sergeyevichga Prezidentimiz ehsonlari hamda elektr aravasi topshirildi.
Dmitriy Firsov I guruh nogironi bo‘lib, bugun unga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat uning, balki yaqinlari va mahalla ahlining ham qalbida katta mamnuniyat uyg‘otdi.
Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov va tuman prokurori Bobur Abdullayev xonadonga shaxsan tashrif buyurib, elektr aravasi va bayram ehsonlarini topshirishdi.
Suhbat davomida fuqaroning holidan xabar olinib, uni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Bugun Mirobod tumanida xayit arafasida yuzlab oilalar mehr va e’tibor bilan qamrab olinmoqda.
Prezidentimiz qarorlari ijrosi doirasida:
▫️ 365 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi;
▫️ Shundan 72 tasi ehtiyojmand va yakka yolg‘iz oilalar;
▫️ 293 tasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan oilalar hisoblanadi.
Eng muhimi, amalga oshirilayotgan bu ishlar ortida inson qadrini ulug‘lash, aholi dardiga quloq tutish va har bir xonadonga xayit shodiyonini olib kirish maqsadi mujassam.
Bugun Dmitriy yangi elektr aravasi orqali mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uning quvonchi esa butun mahallaga iliq kayfiyat ulashdi.
Mirobod — inson qadri ulug‘langan maskan.

