RASMIY MUNOSABAT
2026-05-13 11:45:00 / Yangiliklar
Tashkent_Land telegram kanalida Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 12-uy (Shimoliy vokzal ro‘parasida) hududida olib borilgan yer qazish ishlari ortidan asfalt va yo‘lak qoplamasi tiklanmagani yuzasidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan

Tashkent_Land telegram kanalida Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 12-uy (Shimoliy vokzal ro‘parasida) hududida olib borilgan yer qazish ishlari ortidan asfalt va yo‘lak qoplamasi tiklanmagani yuzasidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
- mazkur hududda elektr ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, qazish ishlari tuman elektr tarmoqlari korxonasi (TETK) tomonidan amalga oshirilgan.
Mas’ul tashkilot tomonidan ushbu hududdagi asfalt va bruschatka qoplamasini qayta tiklash ishlari yaqin kunlarda amalga oshiriladi.
Holat Mirobod tumani hokimligi va tegishli xizmatlar nazoratiga olingan.
