“Furqat” mahallasi “Obod mahalla” dasturi doirasida zamonaviy qiyofaga keltiriladi
2026-05-11 10:50:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan. Barcha ishlar yuqori sifatda va belgilangan muddatlarda bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
“Obod mahalla” dasturi doirasida quyidagi muhim ishlar amalga oshiriladi:
🔴 zamonaviy piyodalar yo‘laklari barpo etiladi;
🔴 gaz quvurlari tartibga keltirilib, to‘liq bo‘yaladi;
🔴 elektr simlariga xalaqit berayotgan va xonadonlarga yaqinlashgan daraxt shoxlari sanitar tartibga keltiriladi;
🔴 yangi bolalar maydonchalari quriladi;
🔴 zamonaviy vorkaut komplekslari o‘rnatiladi;
🔴 basketbol maydonchasi o‘rnatiladii;
🔴 aholi dam olishi uchun alleya, amfiteatr va favvora barpo etiladi.
✅ Hozirgi kunda mahalla hududida demontaj ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqt ichida “Furqat” mahallasi butunlay yangilanib, aholi uchun yanada obod, shinam va zamonaviy hududga aylanadi.
📣 “Obod mahalla” dasturi — bu nafaqat qurilish va ta’mirlash ishlari, balki inson qadri, aholi farovonligi va turmush sifatiga qaratilgan amaliy islohotlar ifodasidir. “Furqat” mahallasidagi o‘zgarishlar buning yana bir yorqin namunasi bo‘ladi.








