Mirobodda urush faxriylari e’zozlanmoqda
2026-05-09 09:40:00 / Yangiliklar

Bugun ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tumandagi urush faxriysi, mo‘tabar onaxon Prokofeva Galina Konstantinovna xonadonida ham o‘z ifodasini topdi.
Faxriyni bayram bilan tabriklash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tabrigi hamda esdalik sovg‘alarini topshirish maqsadida Mudofaa vazirining o‘rinbosari Zairjan Bozorboyev hamda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov xonadonga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar davlatimiz rahbarining yo‘llagan ezgu tilaklarini o‘qib eshittirib, Galina Konstantinovnaga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va xonadoniga fayzu baraka tiladilar.
Yurtimiz tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida jasorat ko‘rsatgan faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va hurmat ularning fidokorona xizmatlariga bo‘lgan chuqur minnatdorlik ifodasidir.





