Yana bir manzilda “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli yangilanish ishlari boshlandi
2026-05-08 10:10:00 / Yangiliklar

Loyihalarga start berish oldidan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida maxsus saf yig‘ini o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha tahlil qilinib, har bir sohadagi mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari mahalladagi har bir o‘zgarish aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlab, barcha ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi shartligini qayd etdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasida hududda qator muhim ishlar amalga oshiriladi. Jumladan:
— zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish;
— gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo‘yash;
— elektr simlariga xalaqit berayotgan hamda aholi xonadonlari derazalariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlarini sanitar tartibga keltirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, mahallada yangi bolalar maydonchalari, vorkaut komplekslari va aholi dam olishi uchun zamonaviy alleyalar barpo etilishi rejalashtirilgan. Demontaj ishlari va hududni tozalash ishlari esa bugunning o‘zidayoq boshlab yuborildi.









