Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yuzasidan navbatdagi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-04-29 17:10:00 / Yangiliklar

Unda tuman prokurori B. Abdullayev, tuman soliq inspeksiyasi rahbari X. Inomov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov va tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Davlat rahbarining PQ-51-52-sonli qarorlari ijrosi, maishiy korrupsiya va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va qonuniy faoliyatni rag‘batlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.





