Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-27 13:10:00 / Yangiliklar

Sessiya avvalida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov so‘zga chiqib, tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Sessiya davomida tumanda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mahalliy byudjet daromadlari, mahalla institutini rivojlantirish, yoshlar siyosati, sport tadbirlari, infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikka doir muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar deputatlar tomonidan tahliliy yondashuv asosida, savol-javoblarga boy tarzda olib borildi.
📝 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosining Mirobod tumanida 2026 yil I-chorak davomida bajarilishi yuzasidan Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U. Nasritdinov hamda Mirobod tuman prokurori B. Abdullayev axborot berdi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni ijrosi bo‘yicha Mirobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i N. Saliyev hisobot taqdim etdi.
- Mirobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026 yil I-chorakda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Mirobod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D. Abdumalikov axborot berdi.
- Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Mirobod tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.T. Inomov hisobot berdi.
- Mirobod tumanida mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish, aholi muammolarini hal etish hamda mahallalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston mahalla uyushmasi Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i M. Ahmadjanov axborot berdi.
- Mirobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tartibga solish bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi M. Masharipov tomonidan hisobot taqdim etildi.
- Besh muhim tashabbus doirasida futbol va mini futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”, kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi”, voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichini tashkil etish va g‘oliblarni rag‘batlantirish masalasi muhokama qilindi.
- Mirobod tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli xarajatlarga yo‘naltirish bo‘yicha Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Karimov axborot berdi.
- Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2026 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.
- Mirobod tumani hokimligi hamda davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlariga lavozim maoshiga ustama haq to‘lash masalasi yuzasidan Mirobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosari J. Oripov hisobot berdi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.








