Mirobodda ehtiyojmand toifadagi xotin-qizlar uchun unutilmas damlar tashkil etildi
2026-04-26 19:25:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan, 26-aprel kuni Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan jami 150 nafar xotin-qizlar uchun Bo‘stonliq tumanining go‘zal tabiati qo‘ynida joylashgan “Livingston” dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
Tadbirning ilk kuni ishtirokchilar uchun dam olish va ruhiy sog‘lomlashtirishga bag‘ishlandi.
Xotin-qizlar musaffo tog‘ havosidan bahramand bo‘lib, kundalik tashvishlardan bir muddat uzoqlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Samimiy suhbatlar, yangi tanishuvlar va iliq muhit har bir ishtirokchi qalbiga iliqlik, kuch va ilhom bag‘ishladi. Shuningdek, ular “Chinorkent” dor yo‘li maskaniga tashrif buyurib, tabiatning betakror manzaralaridan zavq oldilar.
Mazali tushlikdan so‘ng ishtirokchilardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, davlat rahbariga chuqur minnatdorchilik bildirdi:
“Bunday joylarga kelish biz uchun orzu edi. Har doim ham restoranlarga yoki dam olish maskanlariga borish imkoni bo‘lavermaydi. Bugun esa ushbu tadbir tufayli xuddi ertak olamiga tushib qolgandek bo‘ldik. Atrof juda ham go‘zal, tabiat betakror, joylar juda chiroyli. Biz mingdan ming rozimiz va juda xursandmiz”, — deya o‘z quvonchini izhor etdi.
Uch kun davom etadigan ushbu tadbir doirasida motivatsion seminarlar, psixologik treninglar va tadbirkorlikka oid mashg‘ulotlar ham tashkil etiladi.
Mirobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning baxtli va faol hayot kechirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar izchil davom etmoqda.









