Mirobodda Paralimpiada: imkoniyat va iroda namoyishi
2026-04-23 17:00:00 / Yangiliklar

Mirobod tumanida “5 tashabbus” doirasida tashkil etilgan Paralimpiada tadbirining tuman bosqichi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir davomida shaxmat, stol tennisi, armrestling, yengil atletika hamda badminton sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhit hukm surib, har bir sport turi bo‘yicha munosib natijalar qayd etildi.
Jami 87 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ushbu musobaqada ishtirok etib, faollik va irodasini namoyon qildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblariga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar tantanali ravishda taqdim etildi.
