Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-04-16 09:55:00 / Yangiliklar

Xususan, 15-aprel kuni o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Savdo- sanoat palata rais o‘rinbosari Sh. Ibragimova, Toshkent shahar SSP rahbari D.Salihov, , Mirobod tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov, Mirobod tumani prokurori katta yordamchisi S. To‘xtamuradov hamda Mirobod tumani SSP rahbari B.Vahabovlar ishtirok etib, tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqot olib bordilar.
Formatning ochiqligi ishtirokchilarga o‘z taklif va tashabbuslarini bevosita bildirish imkonini yaratdi.
Mazkur uchrashuvda biznes vakillarining muammo va takliflari o‘rganildi. Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha taklif va muammolar qayd etilib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga kelishib olindi.
Tomonlar bu kabi ochiq muloqotlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.


