Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yuzasidan Mirobod tumani komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-04-01 12:55:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov, prokurori B. Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i U.Nasritdinov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari X. Inomov va tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Davlat rahbarining 05.01.2026 yildagi PQ-1 hamda PQ-51-52-sonli qarorlari ijrosi, maishiy korrupsiya va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va qonuniy faoliyatni rag‘batlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi

