Mirobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda
2026-03-29 12:15:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, prokuror Bobur Abdullaev hamda IIO FMB boshlig‘i Ulug‘bek Nasritdinov hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etdi.
Tadbir davomida 300 tup ko‘chat ekilib, mahallaning ekologik muhitini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yashil makon” loyihasi bugun joylarda keng qo‘llab-quvvatlanib, xalq harakatiga aylanmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida hududlarda daraxt ekish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalla aholisi bilan muloqotda hududni obodonlashtirish, ko‘chatlarni parvarishlash va ularni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir fuqaroning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi.
— Bugungi ishlarimizdan asosiy maqsad — mahallamizni yanada ko‘rkam, yashil va obod hududga aylantirish, — deya ta’kidlandi tadbirda. — Bu borada barchamiz birdek mas’ulmiz. Ekilgan har bir ko‘chatning parvarishiga e’tibor qaratish orqali kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishimiz zarur.
Jamoatchilik vakillari ham bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mahalladagi obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishlarini bildirdilar.









