Mirobod tumanida fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda
2026-03-28 09:30:00 / Yangiliklar
Bugun “Temiryo’lchilar” madaniyat saroyida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Mehnat yarmarkasi” va “Mikroloyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.

Ushbu yarmarka Mirobod tumani hokimligi, tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, IIO FMB, tuman MIB, Toshkent shahar markaziy banki, tijorat banklari hamkorligida o‘tkazildi.
Yarmarkada o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 500 nafar fuqarolar, jumladan, aliment to’lovchi, probatsiya ro’yxatida turuvchi fuqarolar, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Natijada 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga ko’maklashildi, 14 nafar fuqaroga ishga joylashishga, 6 nafar yoshga zamonaviy kasb egallashga yo’llanma berildi.









